Sud orqali undirilgan penya
Assalomu alaykum! Dori darmonni ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadigan korxonada ishlayman. Qarzi bor korxonalar sudga beriladi va shartnomada ko‘rsatilgan penya ham sud orqali belgilanadi. Undirilgan penyalar korxonaga va hodimlariga tegmaydi, xayriyaga yo‘naltiriladi. Umuman shartnomada penyani ko‘rsatish va qarz bilan undirish ishi qanchalik durust? Riboga sababchi bo‘lib qolmayapmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatga muvofiq to‘lovlarni kechikkaniga jarima solish jozi emas. Shunda kelib chiqib, agar peniya yozmaslikning imkoni bo‘lsa, yozmaslik kerak. Lekin peniya majburiyat sud tarafidan belgilanadigan va sizning unga daxlingiz bo‘lmasa, siz sababchi bo‘lmaysiz. Undirilgan pulni xayriyaga yo‘naltirasiz. Hozirgi kunda ham to‘lovni kechiktirish holatlari ommalashib ketgani va qarzdorlar boshqalarning haqqini rioya qilmay qo‘yganlari uchun, shariatga muvofiq shartnomalarda ham oxirgi chora va qarzdorlarga turtki bo‘lishi uchun jarima belgilanishiga ruxsat berilan. Bu molikiy mazhabining fatvolariga asoslangan hukm bo‘lib, jarima mablag‘lari xayriyaga yo‘naltirishi shart qilingan. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 181 | Moliya va tijorat