Yo‘ldagi ayol namozi

Assalomu alaykum! Yaqinda avtobusda yo‘lga chiqishim kerak. Masofa 700 kmlar atrofida. Yo‘lda xufton va bamdod namozlarimni qanday ado etsam bo‘ladi? Ayol kishiman, ko‘chada, nomahramlarning ko‘zi tushadigan joyda namoz o‘qishim durustmi? Biror chora topolmayapman. 2. Talabaman. Mening o‘qishim vaqti asr va shom namozlariga to‘g‘ri keladi. Shu holatda jamoat joylarida, biror chekkaroq joyda (odamlarning, nomahramlarning ko‘zidan to‘silish qiyin shunda ham) namozlarimni o‘qib olishim joizmi? Qazo qilmaslik uchun biror chora bormi? Alloh dinida sobitqadamlardan qilsin va rozi bo‘lsin. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bemalol biror ayolga meni pana qilib turing deb namozni o‘qiyvering. Vaqt topib tushib erda o‘qing. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 09:02 | Savol-javoblar | 188 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar