Folbin tuya tovoni bilan qo‘y so‘yib qonlashni aytgandi
Assalomu alaykum! Bundan bir necha yillar qalbimga Alloh hidoyat bermagan paytlarda farzandsizligimiz sababli folbinga borib qandaydir tuya tovoni bilan qo‘y so‘yib qonlasa farzand turar ekan deb shunday qildirganmiz, astag‘firulloh, hozir bu ishlarimdan afsusdaman, tavba qilganman. Va o‘sha tovonni bir joyga tashlab qo‘yganman. Onam esa hali ham unaqa narsalarga ishonadi, shu tovonni uyingga ilib qo‘y bolang yorug‘likda bo‘lsin deydilar bu yo‘l to‘g‘ri emas deb ko‘p aytyapman Alloh fazli karami bilan ilohim to‘g‘ri yo‘lga kirsinlar, mendan xafa bo‘lib oldilar. Shu ishlar noto‘g‘ri ekanligi haqida hadislar keltirib bersangiz? Onam mendan xafa bo‘lib arazlab olyaptilar men qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha narsani tez tashlab yuboringlar. Shariatmizda folbinni aytganini qilish va uni gapini tasdiqlash qattiq olingan. Quyidagi hadislarni o‘zingiz onangizga o‘qib bering. عَنْ بَعْضِ أُمُّهَاتِ الْمُؤمِنِينَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُنَّ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَتَى عَرَّافًا فَسَأَلَهُ عَنْ شَيْءٍ لَمْ تُقْبَلْ لَهُ صَلَاةٌ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَحْمَدُ وَلَفْظُهُ: مَنْ أَتَى عَرَّافًا أَوْ كَاهِنًا فَصَدَّقَهُ بِمَا يَقُولُ فَقَدْ كَفَرَ بِمَا أُنْزِلَ عَلَى مُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ Mo‘minlarning onalari roziyallohu anhunnaning ba’zilaridan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim arrofga kelib, undan biror narsa haqida so‘rasa, uning namozi qirq kechagacha qabul bo‘lmas», dedilar».
Muslim va Ahmad rivoyat qilganlar.
Ahmadning lafzida:
«Kim arrofga yoki kohinga kelib, uning aytganini tasdiqlasa, batahqiq, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan narsaga kufr keltiribdi» deyilgan.
Sharh: Haqiqiy mo‘min uchun qirq kunlik emas, bir mahal namozining qabul bo‘lmay qolishi ulkan musibatdir. Bu musibat faqatgina folbinga borib, undan bir narsa haqida so‘rashning jazosidir. Uning aytganiga ishonadimi yo‘qmi, farqi yo‘q.
Ammo kim folbinga borib, uning aytganini tasdiqlasa, kufrga ketgan bo‘lar ekan. Allohning O‘zi asrasin!عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَتَى كَاهِنًا فَصَدَّقَهُ بِمَا يَقُولُ أَوْ أَتَى امْرَأَتَهُ حَائِضًا أَوْ أَتَى امْرَأَتَهُ فِي دُبُرِهَا فَقَدْ بَرِئَ مِمَّا أُنْزِلَ عَلَى مُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim folbinga borib, uning aytganini tasdiqlasa yoki xotiniga hayz chog‘ida yaqinlik qilsa yoki xotinining orqasiga yaqinlik qilsa, batahqiq, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil etilgan narsadan tonibdi», dedilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 05:30 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar