Turli masalalar yuzasidan

Hurmatli Shayx xazratlari, avvalo barcha qilayotgan hayrli ishlaringizda Alloh madadkor bo‘lsin va bizni islom ziyosi ila ma‘rifatlantirish yo‘lida qilayotgan ishlaringiz uchun sizni ulug‘ ajrlar ila mukofotlasin, inshaalloh. Hazrat, sizning kitoblaringiz va disklaringiz orqali o‘zimiz uchun juda ham ko‘p foydalar oldik va olishda davom etamiz, inshaalloh. Shu asnoda sizga ushbu hizmatlaringiz uchun tashakkurlar aytgan holda bir necha savollar ila murojaat etishga ijozat bergaysiz: 1. Hazrat, siz tufayli biz mualliflik huquqi, uning buzilishi gunoh ekanligi va haromga olib borishi haqida o‘zimiz uchun ko‘p foydali ma‘lumotlar oldik, alhamdulillah. Sizga yana shu borada bir savol ila murojaat etmoqchiman. Men sizning ‘‘Hikmatli dunyo" diskingizni sotib oldim deylik. Lekin disk o‘z tabiatiga ko‘ra tez buzilishi, ya‘ni eshitilaversa tez orada yaroqsiz holatga kelib qolishi bor gap (ya‘ni chizilishi, yorug‘lik tasirida buzilishi mumkin). Bunday holat achinarli albatta, lekin bu diskning hususiyati, uni o‘zgartirishning imkoni hozircha bizga ma‘lum emas. Shunday holatlarning oldini olish uchun sotib olingan diskdan bitta nusha olib, o’sha nushani eshitib, aslini berkitib qo’ysam, qachonki bu nusha buzilsa, uni tashlab yuborib, yana asl nushadan bir nusha olib foydalansam bo’ladimi ? Bunda asl nusha faqat va faqat arhiv kopiyasi vazifasini o’taydi va undan eshitish maqsadida foydalanilmaydi. Nusha esa faqat va faqat bir dona bo’ladi va undan faqat va faqat men – ya’ni diskni sotib olgan odam foydalanaman. Bundan hech qanday tijorat maqsadlarini ko’zlaganim yo’q (Alloh asrasin!!!). Faqat bir diskni qayta-qayta sotib olishdan o’zga chora bormi degan mulohaza holos… Bunday savol berishimning sababi, ko’pchilik litsenzion programmalarda ham shunga ruhsat va hattoki tavsiya (!!!) bor. Ya’ni har ehtimolga qarshi bitta arhiv kopiya olib qo’ying, deyilgan. Hattoki “ELEKTRON HISOBLASh MAShINALARI UChUN YaRATILGAN DASTURLAR VA MA’LUMOTLAR BAZALARINING HUQUQIY HIMOYaSI TO‘G‘RISIDA” gi qonunning “12-modda. EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalaridan erkin nusxa olish va ularning adaptatsiyasi” da ham “EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi nusxasini, ushbu ko‘chirma nusxa arxiv maqsadlarigagina mo‘ljallangan taqdirda va qonuniy tarzda olingan nusxani almashtirish uchun kerak bo‘lib qolgan (EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining asl nusxasi yo‘qolib qolgan, yo‘q qilingan yoki yaroqsiz holga kelgan) taqdirda o‘zlari tayyorlashga yoki tayyorlash uchun topshiriq berishga. Bunda EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining ko‘chirma nusxasidan yuqorida aytib o‘tilgan maqsadlardan bo‘lak maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas va EHM uchun yaratilgan ushbu dasturdan yoki ma’lumotlar bazasidan bundan buyon foydalanish qonuniy bo‘lmay qolsa, ular yo‘q qilinishi lozim” deyilgan ekan (https://uzraap.uz/uz/se’tion.s’m?se’tionId=2798&’ontentId=4326). Lekin bularning barchasi kompyuter dasturlariga tegishli, men esa sizning audio - video disklaringiz hususida savol bermoqchiman. Mana shunday holatlarda, ya’ni diskning buzilishini oldini olish maqsadida disklaringizdan faqat va faqat o’zim uchun bir dona ehtiyot nushasi olib qo’yishimga ruhsat berasizmi ? Agar ruhsat yo’q bo’lsa, menga bir og‘iz gapingiz kifoya, har qanday sharoitda ham ularni qayta-qayta sotib olishga tayyorman. 2. Hazrat, agar adashmasam 2009 yilda sizning “Iymon” deb nomlangan kitobingiz yana nashrdan chiqdi, alhamdulillah. Bu nashrdan chiqqan kitob, avvalroq chiqqan “Iymon” kitobining qayta ishlangan va to’ldirilgan ikkinchi nashrining yana bir bor qayta chop etilishimi yoki uchinchi nashrimi ? 3. Hazrat, yaqinda sizning “Din nasihatdir” degan kitobingiz ham qayta nashr etilganligini eshitdim. Bu nashr ham kitobingizning shunchaki qayta nashrimi yoki qayta ishlangan va to’ldirilgan ikkinchi nashrimi ? 4. Hazrat, sizning qalamingizga mansub “Tasavvuf haqida tasavvur” kitobingizning ikkinchi qayta ishlangan va to’ldirilgan nashri tayyorlanayotganligi haqida ma’lumot oldim. Ushbu kitob, inshaalloh, yaqin-orada nashrdan chiqishi kutilmoqdami ? 5. Hazrat, bu savol emas, balki bir muhlisingizning orzusi deya qabul qilgaysiz, hozirda, afsuslar bo’lsinkim, ishonchli duolar kitoblari diyorimizda juda ham kam. Al-Azkor ni ham, Ismul A’zamni ham deyarli hamma tiraji sotilib tugagan. Qayta esa chiqqani yo’q. Hadis va hayotninggina 35-juzi bor, alhamdulillah. Shunga, keyinchalik, yanada kengroq biron duolar kitobi ta’liyf etsangiz, biz muhlislaringizni shodligini yanada ko’klarga ko’targan bo’lur edingiz. 6. Ushbu ham bir istak, men www.islom.uz saytida (https://islom.uz/’ontent/view/483/137/) Shayx Yusuf Qarzoviyning “Musulmonlar hayotida vaqt” kitobidan berilgan parchani o’qib g‘oyat ta’sirlandim. Haqiqatda, bugun biz musulmonlar rivojlanishdan ortda qolib, dangasalikka berilib ketib, o’z vaqtimizni qadrlamay qo’ydik va dunyoning eng peshqadam millatidan eng qoloq millatiga aylandik va bunda bamaylihotir rozi bo’lib o’tiribmiz. Aslida “Taym menejment” ni bizga g‘arbliklar emas, biz ularga o’rgatishimiz kerak edi. Afsus… Nazarimda, Shayx Yusuf Qarzoviyning “Musulmonlar hayotida vaqt” kitobi kabi biron kitob bugungi diyorimiz musulmonlariga juda ham zarur. Shunga, keyinchalik, shu borada ham biron asaringiz ila bizlarni quvontirsangiz, biz muhlislaringizning quvonchiga quvonch qo’shilgan bo’lur edi. Allohim qilayotgan hayrli ishlaringizni yanada barakotli va bardavom aylasin. Qimmatli vaqtingizni olganim uchun rozi bo‘lgaysiz. Alloh sizni va oila a‘zolaringizni hamisha o‘z panohida asrasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. O‘sha aytilgan ravishda ehtiyot nusxasiga ruxsat.2. Yana bir bor chop etilishi.3. Bu kitob yaqin orada qayta nashr etilgani yo‘q bo‘lsa kerak.4. Qayta chop etishga ruxsat ololmayapmiz.5. Duo qilib turinglar. Ajab emas.

3 May 2022, 03:35 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar