Bolani emizmaslik

Assalomu alaykum! Opa singil ikki joyga turmushga chiqdi opa 9 yildan buyon farzand ko‘rmadi, singil 2 farzand ko‘rdi va 3-siga xomilador bo‘ldi va opasiga aytdi agar shu farzandimni tug‘sam sizlarga beraman dedi. Tug‘di, emizmasdan berib yubordi. Shunda emizmaganligi uchun bolani xaqiga xiyonat bo‘lmaydimi? Bola 1 oydan beri kasha eyaptikan shuni xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar tuqqan onasi emizmasa zarar bo‘ladigan bo‘lsa, bolani emizish kerak edi. Uni uzrsiz emizmasdan qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki bu vaqtda onaning suti bola uchun eng munosib ozuqa va bolaning haqqi hisoblanadi. Agar ona kasal bo‘lsa yoki suti bo‘lmasa zarari yo‘q. Shariatda bolani emizish ikki yilgacha ekanligi bayon qilingan. Agar kimdir undan oldin to‘xtatmoqchi bo‘lsa, bunda ikkita shart bor. Birinchisi: bolaga zarar etmasligi kerak. Ikkinchisi: er-xotinning ikkisi ham bunga rozi bo‘lishi kerak.
Ibn Huzoma va Ibn Hibbonlar Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan uzun hadislarida, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam jumladan shunday deganlar: «So‘ngra meni yana olib ketildi. Sinalarini ilonlar tishlayotgan ayollarga to‘g‘ri kelib qoldi. «Bularga nima bo‘lgan?» dedim. «Ular bolalarini sutlaridan man qilishadi», deyildi». Vallohu a’lam!

12 May 2022, 06:35 | Savol-javoblar | 206 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar