Qo‘ng‘iroqlar detalizatsiyasi
Assalomu alaykum! Bir tanish opam borlar (albatta menga nomahram). Bazida menga telefon qilib erimni nomerini detalizatsiyani bilib berishimni so‘raydi. Buning qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini bilmeman lekin agar men yo‘q deydigan bo‘lsam u boshqa insonga aytib detalizatsiyasini ochtirib olishi mumkun. Aytganimni sababi detalizatsiyani ochgandan keyin gaplashilgan nomerlarga terganimizda haqiqatda qizlar chiqadi men esa yo‘q opajon noto‘g‘ri gumon qilibsiz o‘o‘il bola ekan deb qo‘yaman (albatta oilani saqlab qolish niyatida). Eri ham unga men senga hiyonat qilmayman deb qayta qayta aytar ekan. Bugun yana detalizatsiya ochaylik deyapti. Menga qanday maslahat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishni darhol to‘xtatinglar. Boshqa shaxsning telefonini, shaxsiy suhbatlarini yashirincha tekshirish, poyloqchilik qilish joiz emas. Josuslikdan qaytarilgan. Alloh taolo “Hujurot” surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اجْتَنِبُوا كَثِيرًا مِّنَ الظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ الظَّنِّ إِثْمٌ وَلَا تَجَسَّسُوا وَلَا يَغْتَب بَّعْضُكُم بَعْضًا أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ أَن يَأْكُلَ لَحْمَ أَخِيهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ تَوَّابٌ رَّحِيمٌ 12. Ey iymon keltirganlar! Ko‘p gumonlardan chetda bo‘linglar, chunki ba’zi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar. Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g‘iybat qilmasin. Sizlardan birortalaringiz o‘zining o‘lgan birodarining go‘shtini eyishni yaxshi ko‘rurmi? Ha, yomon ko‘rasizlar. Allohdan qo‘rqinglar! Albatta, Alloh tavbani ko‘plab qabul qiluvchi, o‘ta rahmlidir.
Alloh taolo «Hujurot» surasining avvalidan buyon shu ergacha O‘zining mo‘min bandalariga beshinchi marta
«Ey iymon keltirganlar!» deb murojaat qilmoqda va ular uchun juda muhim bo‘lgan yana bir qancha masalalarni bayon qilmoqda. Ushbu oyatda Alloh taolo mo‘min-musulmon bandalarini bir necha yomon sifatlardan, axloqiy kasalliklardan, halokatga eltuvchi dardlardan qaytarmoqda. Ulardan birinchisi:
«Ko‘p gumonlardan chetda bo‘linglar, chunki ba’zi gumonlar gunohdir». Gunohga olib boruvchi illatlardan biri badgumonlikdir. Badgumonlik kishilar haqida bo‘lar-bo‘lmasga yomon shubhalar qilish, ularga nisbatan tuhmat va hadik ma’nosida fikr yuritishdir. Odatda, bunday gumonlarning ko‘pi asossiz, behuda bo‘ladi. Shu boisdan ham:
«Ko‘p gumonlardan chetda bo‘linglar…» – deyilyapti. O‘tgan ulamolardan Zajjoj rahmatullohi alayhi: «Badgumonlik yaxshi kishilar haqida yomon gumon qilishdir. Ammo ahli fisq bo‘lsa, undan nima fosiqlik zohir bo‘lgan bo‘lsa, shuni gumon qilishga haqqimiz bor», – deganlar. O‘ylab ko‘rilsa, o‘zaro nizolar va kelishmovchiliklar ko‘proq bir-biridan yomon gumonda bo‘lishdan ham kelib chiqadi. Yomon gumondan chetda bo‘lish uchun doimo kishilar haqida yaxshi gumonda bo‘lish, ular haqida etgan xabarlarni yaxshilikka yo‘yish kerak. Bu haqda hazrati Umar roziyallohu anhu: «Agar yaxshilikka burishning birorta yo‘li bo‘lsa ham, mo‘min birodaringdan chiqqan so‘z haqida faqat yaxshi gumon qil», – degan ekanlar. Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayhissalom: «Zinhor va zinhor badgumon bo‘lmanglar, chunki badgumonlik so‘zning eng yolg‘onidir», – deganlar. Boshqa bir hadisda esa: «Agar odamlarning aybini axtaradigan bo‘lsang, ularni buzasan», – degan ekanlar. Xususan, ish boshida turgan rahbarlar bu narsada ehtiyot bo‘lishlari lozimligi imom Abu Dovud Abu Umomadan rivoyat qilgan hadisda yaqqol ko‘rinadi. Bu hadisda Nabiy alayhissalom: «Agar amir odamlardan ayb izlayversa, ularni buzadi», – deganlar. Ma’lumki, kimning o‘yiga badgumonlik o‘rnashsa, u odam o‘sha gumonini tasdiqlash uchun hujjat va dalil qidira boshlaydi. Natijada gumon ostidagi odamning o‘ziga bildirmasdan, aybini izlashga tushadi. Buni esa «josuslik» deydilar. Shuning uchun ham biz o‘rganayotgan oyati karimada gumondan chetlanishga amr qilingandan so‘ng «Josuslik qilmanglar», – deb bu qabih ishdan qaytarilmoqda. Odatda, birovga yomonlik etkazish niyatida ayblarini va zaif joylarini, o‘ziga bildirmay, yashirincha izlashga «josuslik» deyiladi. Bu ish ham katta gunohlardandir. Chin musulmon kishining qalbi bu kabi jirkanch odatlardan pok bo‘lmog‘i zarur. Boz ustiga, bu ish Islom dinining asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lmish insonning karomati, hurmati, izzati va obro‘sini himoya qilish masalasiga chambarchas bog‘liqdir. Islom mazkur huquqlarning muqaddasligini e’tirof etadi, ularning hech bir holda poymol bo‘lmasligining chorasini ko‘radi. Islom jamiyatida insonlarning jonlari, molu mulklari, uy-joylari omonlikda, sir-asrorlariyu yashirin narsalari bexatar bo‘lishi zarur. Hatto jinoyatning oldini olish bahonasi bilan ham odamlarning ortidan josuslik qilishga ijozat yo‘q. Hukm ochiq-oydin ko‘rinib turgan ishga qarab chiqariladi. Gumon qilishga, shubhalanishga va poylashga hech kimning haqqi yo‘q. Badgumonlik josuslikka yo‘l ochishini aytib o‘tgan edik. Endi josuslik g‘iybatga yo‘l ochishini aytmoqchimiz. Shuning uchun ham oyati karimada «josuslik qilmang» degan amrdan keyin
«Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g‘iybat qilmasin», – deb uqtiriladi. G‘iybat nima ekanini eng ulug‘ tafsirchi Nabiy alayhissalomning o‘zlaridan eshitaylik. Imom Abu Dovud Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda u zoti bobarakotdan kishilar: – Ey Allohning Rasuli, g‘iybat nima? – deb so‘rashibdi. Rasuli Akram alayhissolatu vassalom: – Birodaringni o‘ziga yoqmagan narsa bilan eslashing, – debdilar. Shunda: – Birodarimda men aytgan narsa bo‘lsa-chi, bunga nima deysiz? – deyishibdi. Nabiy alayhissalom: – Agar aytganing unda bo‘lsa, g‘iybat qilgan bo‘lasan, ammo bo‘lmasa, bo‘hton qilgan bo‘lasan, – deb javob qilgan ekanlar. G‘iybatning haromligini, g‘iybat gunohi kabiralardan ekanini hamma ulamolar bir ovozdan ta’kidlaganlar. Bu ish naqadar qabih va naqadar yomon ekani oyati karimaning o‘zida ham ajoyib uslub ila bayon qilinmoqda:
«Sizlardan birortalaringiz o‘zining o‘lgan birodarining go‘shtini eyishni yaxshi ko‘rurmi?» Qur’oni Karim birovni g‘iybat qilishni o‘sha shaxsning o‘lgandan keyin go‘shtini eyish bilan barobar qilmoqda. Ma’lumki, odamning go‘shtini eyish mumkin emas, o‘lgan odamning go‘shtini eyish esa xayolga ham keltirib bo‘lmaydigan ish. Shuning uchun yuqoridagi «Sizlardan birortalaringiz… yaxshi ko‘rurmi?» degan savolga hech kim «Ha», deb javob bera olmaydi. Shu boisdan oyatning o‘zi «Ha, yomon ko‘rasizlar» – deb ta’kidlamoqda. «O‘likning go‘shtini tanovul qilishni ko‘nglingiz qanday ko‘tarmasa, birovni g‘iybat qilishni ham shunday ko‘tarmasin», demoqda. Nabiy alayhissalom o‘z hadislaridan birida: «Ey tili bilan iymon keltirib, dilida iymon keltirmaganlar, musulmonlarni g‘iybat qilmang va ularning kamchiliklarini qidirmang. Kimki ularning kamchiligini qidirsa, Alloh taolo o‘sha odamning kamchiligini qidiradi. Alloh kimning kamchiligini qidirsa, uni uyidan sharmanda qilgan holatda chiqaradi», – deganlar. G‘iybatchilar oxiratda ham jazosiz qolmaydilar. Rasuli Akram alayhissolatu vassalom: «Merojga chiqqanimda misdan bo‘lgan tirnoqlar bilan yuzlariyu ko‘kslarini tirnayotgan bir qavmning oldidan o‘tdim. Men: – Ey Jabroil, ular kim? – deb so‘radim. U: – Bular u dunyoda odamlarning go‘shtini eb, obro‘larini to‘kkanlar, – deb javob berdi, – deya ko‘rganlarini hikoya qilib berganlar. Oyatning oxirida Alloh taolo mo‘minlarning barchasini, xususan, yuqorida zikr qilingan gunohlarni qilganlarni Allohdan qo‘rqishga da’vat qilib, «Allohdan qo‘rqinglar!» – deydi. Shu bilan birga, avval bilmay, gunoh sodir etilgan bo‘lsa, tavba qilib, gunohini yuvish mumkinligini eslatib, Allohning fazlu karamidan noumid bo‘lmaslikka chaqiradi. «Albatta, Alloh tavbani ko‘plab qabul qiluvchi, o‘ta rahmlidir». Albatta, Alloh tavbani ko‘p qabul qiluvchi va rahmlidir. Har qanday gunohdan qay tarzda tavba qilinsa, mazkur gunohlardan tavba qilishda ham o‘shanday holat, ya’ni o‘tgan ishga qattiq afsus qilib, dilidan nadomat chekib, ikkinchi bor bu ishni qilmaslikka ahd qilish va ahdiga vafo qilish bilan vujudga keladi. Ammo g‘iybatchining tavbasi bu bilan tugamaydi. Ulamolar uning tavbasi to‘liq bo‘lishi uchun yana bir muhim shartni qo‘yishgan. U ham bo‘lsa, qaerda, qaysi majlisda g‘iybat qilgan bo‘lsa, o‘sha erda, o‘sha majlisda g‘iybat qilingan kishi haqida yaxshi gaplarni gapirishi kerak. Mo‘min-musulmonlar g‘iybatdan chetlanibgina qolmasdan, boshqa g‘iybatchilarning og‘ziga urib, g‘iybatga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilishlari matlubdir. Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayhissalom: «Kimki bir mo‘minni g‘iybatchi munofiqdan himoya qilsa, qiyomat kuni Alloh taolo uning go‘shtini do‘zax o‘tidan himoya qiluvchi farishta yuboradi. Kimki bir mo‘minni so‘kmoqchi bo‘lib, uni g‘iybat qilsa, Alloh taolo uni gapidan qaytmagunicha, jahannam ko‘prigi ustida ushlab turadi», – deganlar. Ko‘rib turganimiz oyatlarda mo‘minlarga nido qilinib, ular turli yomonliklardan saqlanishga, yuksak insoniy fazilatlarga ergashishga da’vat etilgan bo‘lsalar, kelasi oyatda Alloh taolo butun insoniyatga xitob qilib, hammaning asli bir ekanini eslatadi, barchani mo‘minlikka chorlaydi. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
14 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush