Taxoratga aloqador
Assalomu alaykum! Men universitetda o‘qiyman. Yotoqxonadan ertalab ketib kechga qaytaman. Namoz o‘qish uchun sharoit topish oson. Lekin bir masala qiynayapti. Ichki kiyimimda kichkina oq dog‘lar paydo bo‘lib qolaveradi va ba’zan bavl qilganimdan biroz vaqt o‘tib bir ikki tomchi chiqib ichki kiyimga tegib qolyapti. O‘qishdaligim sabab ichki kiyimni almashtira olmayman. Natijada kunduzi o‘qiladigan namozlarim qazo bo‘lib qolqveryapti. Nima qilishimni maslaxat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Istibro – peshobning qoldig‘idan poklanish kerak. Uning uchun peshob qilgandan keyin, ozgina yurib, yo‘talib qolgan peshobni chiqarib yuborish kerak. Tahorat qilib bo‘lgandan keyin salfetka yoki tualet qog‘ozidan qo‘yib olsangiz mabodo narsa chiqsa ham kiyimingizga tegmay turadi. Keyingi namozga tahorat qilib namozdan oldin qo‘ygan narsani olib namoz o‘qib yana qo‘yib olaverasiz. Agar ich kiyimga biror shunday narsa tegib qolsa ham, o‘sha narsa bir dirham – piyolaning orqasidan kichik bo‘lsa, almashtirishga imkon bo‘lsa o‘sha kiyimda namoz o‘qisa bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 06:46 | Savol-javoblar | 185 | Tahorat