Qarz to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Birovga qarz berganda u kish foydalanib qaytarganda ko‘nglidan qo‘shib biror narsa berishini ribo deyilgan savollarda o‘qidim, lekin qarz berayotganda go‘shtmi tillonimi puliga chaqib qaytarilayotganda ham shuncha berilishi kerak deb eshittim. Pulni qadrsizlanishining oldini olish maqsadida.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda pul inflyatsiya holatiga tushganida oldingi qarzlarni berishda olgan vaqtdagi tilloning narxidan olinadi deyilgan. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing:https://fiqh.uz/maqola/237

12 May 2022, 07:40 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar