Gunohlarni yuvish

Assalamu alaykum! Gunohlarimizni yuvishga sababchi bo‘ladigan duolar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ibodatlarning deyarli hammasi gunohlarga kafforot bo‘ladi. Farz vojib sunnat va mustahab amallarni ixlos bilan bajarsangiz kafforot bo‘ladi. Yana zikr qilish xususan istig‘for aytish gunohlarni yuvilishiga sabab bo‘ladi. Oyat va hadislarda kelgan duolarda ham gunohlarni kechirilishi haqidagi iboralar bilan kelganlarini o‘qish ham kafforotga sabab bo‘ladi. Gunohlarni ham turlari bo‘ladi. Agar Allohning farzlarini tark qilingan bo‘lsa qazolarini ado qilish va istig‘for aytish bilan bandalarni haqqini eyish kabi gunohlar bo‘lsa haqqni egasiga etkazish, roziligini olish va istig‘for aytish bilan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 15:03 | Savol-javoblar | 184 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar