Do‘konlarga odam olib kirganda foyda chiqarib berish

Assalomu alaykum! Men savdogarman xaridorlar kelib ular so‘ragan mol bazida menda yo‘q bo‘lib qoladi. Shunda yonimdagi do‘konga xaridorlarimni olib kiraman, ularda bo‘ladi va ular o‘sha molni men olib kirgan xaridorga sotishadi. Xaridor chiqib ketgandan so‘ng o‘zlari rozi bo‘lib menga xam oz-moz foydasidan pul berishadi, lekin bu ishni xaridor bilmaydi yoki shu ishni aksi xam bo‘ladi. Ular xam menga xaridor chiqarishadi. Ular chiqargan xaridorga molimni sotsam men xam xaridor olib kirganim uchun rozi bo‘lib beraman. Shu ishni qilishimiz mumkinmi, agar bir birimizdan rozi bo‘lsak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz do‘konlar bilan “odam olib kelib dallollik qilganimga faloncha haq berasan” deb kelishib oling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 08:45 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar