Nisobdan ko‘proq maosh

Assalomu alaykum! Men oylik( ba’zida bir oylik, ba’zida 2 oylik) maoshim zakot nisobidan ko‘proq bo‘ladi. Men oilam uchun kerakli harajatlardan tashqarisini uyda to‘playman. Har yili ramazonda hamma pulimdan 40 dan birini ajratib, uni haqdorlarga berardim. Bunda ramazonda 5 - 6 oy oldin olgan oyliklarim ham qo‘shilib ketadi. Hali ularga bir yil bo‘lmagan bo‘ladi. Aslida bu holatda qanday zakot chiqariladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qo‘lingizda boridan zakot chiqarasiz. Bir hafta oldin qo‘lingizga tekkan bo‘lsa ham. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 20:32 | Savol-javoblar | 161 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar