Xalqaro onlayn tanlovlar

Assalomu alaykum! Men internet orqali o‘quvchilarni turli xalqaro onlayn tanlovlarga to‘lovini qildirib qatnashtiraman. Ularning ayrimlari xaqiqiy, ayrimlari xaqiqiy emas. Lekin tanlovlardan kelgan diplomlarni olgan bolalarning o‘qishga ishtiyoqi oshadi, xarakatlari tezlashadi. Ota onasi xam bergan puliga rozi. Shu ish uchun insof bilan xaq olaman. Ushbudan topganim xalolmi? Xarom rizqdan qo‘rqaman...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘on bo‘lmasligi kerak. Hadisda “Kim yolg‘on gapirsa bizdan emas” deyilgan. Voqelikda bo‘lmagan ishni bo‘ldi deb diplom berish aldov bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 09:40 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar