Masxara qiluvchilar
Assalomu alaykum! Bazi o‘rtoqlarim odamni ustidan kulish uni pastga urib masxaralaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning jaxlingizni tiying degan gaplariga qattiq amal qilaman, lekin xar kun shu axvol. Ulardan o‘zimni olib qochay desam bir joyda o‘qiymiz, shunga maslaxat bersangiz qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularga quyidagi oyatni o‘qib eslatib quying. Alloh taolo "Humaza" surasida marhamat qiladi: وَيْلٌ لِّكُلِّ هُمَزَةٍ لُّمَزَةٍ1. Har bir obro‘ to‘kuvchi va ayblovchiga vayl bo‘lsin.
Odamlarning obro‘sini g‘iybat yo‘llari bilan ko‘p to‘kuvchi odam arab tilida «humaza» deyiladi. Odamlarning aybini, kamchiliklarini imo-ishora ila masxara qiluvchi «lumaza» deyiladi. «Vayl» jahannamdagi bir vodiyning nomi yoki «holiga voy», «halok bo‘lsin» degan ma’nodagi so‘z ekanini oldin ham o‘rganganmiz.
Ushbu ikki sifatga ega bo‘lganlarning barchasi do‘zaxga tushadi va ularning ahvoliga voy bo‘ladi, deydi Alloh taolo. Chunki mo‘min kishining qonini to‘kish qanchalik gunoh bo‘lsa, obro‘sini to‘kish ham shunchalik gunoh. Odam o‘ldirib – qon to‘kib gunoh qilganlar jahannamga tushganlaridek, g‘iybat qilib – obro‘ to‘kib, kishilarni xafa qilganlar ham jahannamga tushadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 09:40 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar