Dekan o‘rinbosari

Assalomu alaykum! Oliy ta’lim muassasalari fakultetlarida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimi bor. Uning lavozim majburiyatlari asosan talabalarning ma’naviy-marifiy, tarbiyaviy ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladi. Shu bilan birga haftaning juma kunlari soat 12:00da ma’naviyat soatlari o‘tilishini nazorat ham qiladi. Men ishsizman. Shu lavozimga ishga taklif qilishyapti. Ishga kiradigan bo‘lsam, tabiiyki, talabalarni ham, o‘zimni ham jumaga chiqishimga qarshi bo‘laman. Hozir ishsizligim sababli qiynalyapman. Bu o‘rinda qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Juma namozini o‘qishni Alloh farz qilgan. Siz bu o‘rinda Allohga taqvo qiling. Bu kabi darslarni boshqa vaqtga ko‘chirishga harakat qilib shu ishni uddasidan chiqsangiz katta savobga ega bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 10:35 | Savol-javoblar | 182 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar