"BOGINYa" deyish

Assalomu alaykum! Hozirda erkaklar yoki aksar yoshlar o‘z ayollarini erkalab "BOGINYa" deb murojaat qilishyapti. Aytingchi bu shirk yoki kufr lafzi bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Boshqa din vakillarida xususan Yunon va Hindlarda ma’budlarini erkak jinsga tegishlilari bo‘lgani kabi ayol jinsiga tegishlilari ham bor. Ularda tavhid degan tushuncha yo‘q. So‘zlashuvda ham shirkka dalolat qiluvchi gaplari ham ko‘p. Ular ayollarini erkalatishda o‘sha ayol ma’budalariga o‘xshatishadi. Bu narsa dinimizda mutloq rad qilingan va qoralangan. Bu narsa aqiydaga tegishli bo‘lgani uchun juda ehtiyot bo‘lish kerak. Musulmon kishi bunday gaplarni aytmasligi kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:20 | Savol-javoblar | 142 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar