Daxriyning nikoxi

Assalomu alaykum! O‘zimning daxriyligimni oilamdan va qarindoshlarimdan sir tutaman. Namoz o‘qiyman, garchi yuzaki bo‘lsa xam. Oilamni yaxshi ko‘raman. Qo‘limdan kelganicha g‘amxo‘rlik qilaman. Uylangan vaqtimda o‘zimni dahriy deb bilmas edim. Ayolimni sevaman. U xam meni sevadi. Ikkimiz xam yaxshi tarbiya ko‘rganmiz. Ayolim islomiy oilada katta bo‘lgan. Ayolim mening daxriyligimni bilmasdan men bilan yashashda davom etsa islomiy nuqtai nazardan gunoxkor bo‘ladimi? Savolim uchun uzr so‘rayman. Daxriylikdan qutulishim qiyin. Ushbu vaziyat hukmi qanday bo‘ladi? Qandaydir tortishuv yoki fitna qo‘zg‘ash maqsadim yo‘q. Ayolimni sevaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muslima ayol g‘ayrimuslim kishi bilan nikohda bo‘lishi mumkin emas. Agar ular birga yashasa zino qilayotgan bo‘ladi. Zokir Nayk va Ahmad Diydad kabi da’vatchilarni tinglab ko‘ring.  Bunchalik mukammal borliqning Yaratuvchisi bo‘lmasligi aqlga to‘g‘ri kelmaydi. Islomning dalillarini tafakkur qiling. Albatta iymonga kelasiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 10:46 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar