Mahalladagi ayolga yordam berish

Assalomu alaykum! Bitta ayolni 5 farzandi bor eri tashlab ketgan yordam bermiydi. Zo‘rga kun ko‘rishadi. U ayol tirikchilik qilish uchun kichkina bir magazin ochmoqchi. Temir daftarda turishadi. Temir daftarda turganlarga foizi kam kredit berisharkan. Kreditni olib akfadan kichik do‘koncha zakaz qigan. O‘sha do‘konchani uyi oldiga ob kelib qo‘yishi uchun qum to‘ktirishi kerak va tsemetlashi kerak. Unisiga puli yo‘q, o‘sha qum tsementiga yordam berib yuborsak ro‘zg‘ori but bo‘larmidi deganidik. Lekin o‘ylantiradigani u magazinda alkogol ichimliklariyam sotib qo‘ysa biz xam birdek javobgar bo‘lamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yordam beringlar, imkon bo‘lsa qo‘liga dastmoyaga pul yig‘ib qarzi hasana qilib qarz beringlar. Odatda qarzdorlar qarz bergan odamni aytganini qiladi. Sizlar unga shariat harom qilgan narsalarni sotsa topgani ham eyishi ham harom bo‘lishini tushuntiringlar. Sigaret yoki nos yoki shu kabi shariat harom qilgan narsalarni sotmasin. Imkon boricha holidan xabar olib turinglar. Chunki ayol kishi bu kabi ishlarda juda qiynaladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:24 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar