Gunoh qilib noumid bo‘lish
Assalomu alaykum! Bir tanishim so‘rashini iltimos qildi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kimki o‘z otasidan boshqani (ota deb) da’vo qilsa yoki o‘zini boshqa xo‘jayinga mansub deb bilsa, bas, unga ham Allohning, farishtalarning va jami odamlarning la’nati bo‘lsin! Undan qiyomat kunigacha farzi (yoki tavbasi) ham, nafli (yoki kafforati) qabul bo‘lmaydi». Hayvonga jinsiy yaqinlik qilgan kimsani Alloh la’natlasin!». “Allohdan o‘zgaga atab jonliq so‘ygan kimsani, o‘zining xo‘jayinidan boshqadan panoh izlagan kimsani Alloh la’natlasin! Ota-onasiga oq bo‘lganni Alloh la’natlasin! Erning nurli (belgili) joylarini nuqsonga uchratgan (chegaralarni yo‘qotishga harakat qilgan) kimsani Alloh la’natlasin!”degan ekanlar.
Savolim, mana shu jirkanch va og‘ir gunoxlarni qilgan kishini tavbasi qabul bo‘lmas ekan, agar qilgan gunoxlarni gunoxligini bilsa ammo shu qadar Allohning la’natiga loyiq gunox ekanligini bir necha yildan so‘ng bilsayu tavba qilsa tavbasi qabulmi? Dugonam qabul emas ekan deb o‘tmishidagi qilmishlaridan afsus chekmoqda. Namoz o‘qishni boshlagan edi, u shirk amaldan boshqa, yuqoridagi gunoxlardan birini qilgan emish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan ekanlar demak namoz o‘qib, savob amallar qilsam ham, ming afsus cheksam ham, lanatlangan shaxs bo‘lib do‘zoxiy bo‘larkanman deb kuyinmoqda. U noumid bo‘lmasdan chin dildan tavba qilsa ham demak qabul emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Noumid bo‘lmaslik kerak va namozlarda bardavom bo‘lsin. Alloh taolo “Zumar” surasida marhamat qiladi: قُلْ يَا عِبَادِيَ الَّذِينَ أَسْرَفُوا عَلَى أَنفُسِهِمْ لَا تَقْنَطُوا مِن رَّحْمَةِ اللَّهِ إِنَّ اللَّهَ يَغْفِرُ الذُّنُوبَ جَمِيعًا إِنَّهُ هُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ 53. (Mening nomimdan) ayt: «Ey o‘z jonlariga javr qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo‘lmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag‘firat etar. Albatta, Uning O‘zi o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir». Imom Buxoriy Sa’iyd ibn Jubayr roziyallohu anhudan keltirgan rivoyatda aytilishicha, ko‘plab gunohlar qilgan bir guruh mushriklar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Albatta, sen da’vat qilayotgan narsa juda ham go‘zal. Qani, ayt-chi, biz qilgan narsalarni yuvadigan narsa ham bormi?» – deb so‘rashganida Alloh taolo ushbu oyati karimani nozil qilgan ekan. Tafsirchi ulamolarimizning ta’kidlashlaricha, bu oyati karima Qur’ondagi eng umidvorlik oyati hisoblanadi. Bu oyatda bandalar uchun eng ulug‘ bashorat bor. Avvalo, Alloh taolo: «Ey o‘z jonlariga isrof (javr) qilgan bandalarim», – deb, bandalariga O‘z nisbatini bermoqda. Aslida, «isrof» deb mol-dunyoni ortiqcha sarflashga aytiladi. Shuningdek, bu so‘z ma’naviy jihatdan haddan oshishga nisbatan ham ishlatiladi. Binobarin, gunoh qilgan odam isrofchi bo‘ladi, chunki u Alloh belgilab qo‘ygan haddan (chegaradan) chiqqan hisoblanadi. Gunoh tufayli haddidan oshgan odam o‘ziga zarar, jabr qiladi. Alloh taolo ushbu oyatda bandalarining gunoh sababli isrofga yo‘l qo‘yib, o‘zlariga jabr etishlarini aytmoqda. «…Allohning rahmatidan noumid bo‘lmang!» Uning rahmati juda kengdir. «Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag‘firat etar». Alloh taolo «Niso» surasida shirkdan boshqa barcha gunohlarni mag‘firat etishini ta’kidlagan. Chunki, «Albatta, Uning O‘zi o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir». Tavba qilgan bandalarning gunohlarini kechiradi. Mufassirlarimiz, avval aytib o‘tilganidek, ushbu oyati karimani Allohning Kitobidagi eng umidli oyat, deb ta’kidlaydilar va, shu bilan birga, bu umid gunohga tashviq etuvchi umid emasligini ham qattiq uqtiradilar. Ya’ni «Alloh barcha gunohlarni kechiradi» degan umid bilan bila turib, gunohlarda davom etishning farqi bor. Bu oyatda Allohning qonun-qoidalarini bilmasdan avval gunoh qilib yurganlar mag‘firatdan umid uzmasliklari kerakligi aytilyapti. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Do‘zaxi bo‘lib qolmadimmi deb kuyunguncha, tavba qilishga urinsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:47 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar