Vasiyatda bollarimni haqqi bormi

Assalomu alaykum! Oldingi savolimga bergan javobingiz uchun rahmat. Bu savolni birovni nomdian bermoqdaman. "Mani qaynatam höjayinimga uyni vasiyat noma orqali xadiya qilib ötqizganla man höjayinim bilan ajrashganman aka ukalaga ham hich narsa haq berilmagan endi u uyda hich kimmi haqqi yömi qaynanam ham hich kimni haqqi yöq didila höjayinim ham hammaga uy maniki hich kimmi haqi yöq didila mani uydan chiqarvorishgan nima mani bolalarimmi haqqi yömi akalarinikichi ikta akalarini ham uydan haydavottila endi namoz öqib turib shu ishni qilish yaxshimi"
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda vasiyatning shartlari bor. O‘zi voris – merosxo‘r bo‘lgan kishiga vasiyat qilib bo‘lmaydi. Sizning eringiz ham merosxo‘r hisoblanadi.Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining vidolashuv hajidagi xutbalarida: 
«Albatta, Alloh har bir haq egasiga haqini berdi. Vorisga vasiyat qilish yo‘q. Bolaga to‘shakka qarab nisbat beriladi. Zinokorga tosh beriladi. Hisoblari esa Allohga havola. Kim otasidan boshqaning (nasabini) da’vo qilsa yoki o‘z mavlolaridan boshqaga qo‘shilib olsa, unga qiyomatgacha Allohning uzilmas la’nati bo‘lgay. Xotin erining uyidan uning iznisiz nafaqa qilmas», dedilar.
«Ey Allohning Rasuli, taomni hammi?» de­yildi.
«U eng afzal molimiz-ku», dedilar u Zot». 
Termiziy va uning ikki sohibi rivoyat qilishgan.
Sharh: Vidolashuv haji paytiga kelib, Islom dini ahkomlari mukammallashib bo‘lgan edi. Shuning uchun ham o‘sha haj vidolashuv haji bo‘lgan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning umri shariflari oxirlashib qolganining alomati bo‘lgan.
Ushbu rivoyatda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning xutbalaridan keltirilayotgan iqtibosda ham Islom hukmlarining mukammallashganiga ishorat bor.
U Zotning Alloh har bir haq egasiga haqini berdi, deganlari shuni ko‘rsatadi.
Jumladan, meros masalasida ham Alloh taolo, meros oyatlarida har bir haq egasiga haqini bergan.
Shuning uchun ham vorisga vasiyat qilish yo‘q.  Ya’ni, merosxo‘rga vasiyat qilish yo‘q. U Alloh taolo bo‘lib bergan nasibasini oladi.
Ma’lumki, Islomning dastlabki davrida merosni bo‘lish meros qoldiruvchining vasiyatiga binoan taqsim qilinar edi. U o‘limidan oldin molimning bunchasini otamga, bunchasi bolamga, u qismi falonchi qarindoshimga, bu qismi pistonchiga berilsin, deb vasiyat qilar va o‘sha vasiyatga binoan taqsimlanar edi.
Endi esa Alloh taolo merosni merosxo‘rlarga taqsimlab qo‘ydi, faqat o‘sha taqsimgagina amal qilinadi. Boshqa hech kim bu ishga aralasha olmaydi. Jumladan, meros qoldiruvchi ham. U falonchi merosxo‘rimga uncha meros berilsin, pistonchi merosxo‘rimga buncha meros berilsin ham deya olmaydi. (“Hadis va hayot” kitobidan).  Yuqoridagi hadisga muvofiq, eringiz hamma merosxo‘rlarga haqlarini berishi kerak. Agar buni qilmasa, Alloh taolo belgilab qo‘ygan haqlarni bermay poymol qilgan kishi sifatida gunohkor bo‘ladi. Yaxshisi biron meros ilmini biladigan ahli ilmga borib, maslani aniqlab olinglar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 13:40 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar