O‘yin uchun model yasab berish

Assalomu alaykum! Yaqinda internetda bir malumotga ko‘zim tushti, u erda kontr strayk o‘yinining qurollariga kreativ dizayn, naqsh tushirib bergan insonlarga agar o‘sha dizayn o‘yin moderatorlariga yoqsa va sizning dizayninshizni qabul qilishsa, sizga o‘yin egalari pul to‘lashar ekan. Savolim shundaki men shunday dizayn qilib pul topsam o‘sha pullar menga halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odamlarni behuda vaqtini oladigan bema’ni narsalarga hissa qo‘shmaganingiz ma’qul. Odamlarga foyda keltiradigan, yaxshilikka xizmat qiling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 13:51 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar