Namoz joyi

Assalomu alaykum! Ishxonamizda namoz o‘qish uchun aloxida joy xam, ruxsat xam yo‘q. Bazi joylarda bekinib o‘qishga majburmiz. Ishxonaning xojatxonasiga kiriganda 3ta xona bor. Birinchisi qo‘l yuvish uchun xona, ikkinchisi taxorat qilinadigan va idish tovoq yoki boshqa narsalar yuvadigan (farroshlar pol lattani yuvadigan va saqlaydigan) xona, (kladovka desa xam bo‘ladi). Uchinchisi esa xojatxona. Ammo xonalar bir-biridan ajratilgan. Ushbu ikkinchi, taxorat olinadigan xonada namoz o‘qisak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pok narsaning ustida o‘qisa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 178 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar