Nikoh masalasida

Assalomu alaykum! Bir ota-ona nikohdan o‘tmasdan avval qiz homila paydo bo‘lgan ekan. Keyin ota-onasi nikoh o‘qitgan. Xozir u qiz voyaga etgan. Mana shu qizga uylansam kelajakda oilamga qanaqa salbiy ta’siri bo‘lishi mumkin? O‘sha qiz bilan saodatli umr kechira olamanmi? Tug‘iladigan farzandlarimga zulm qilmaymanmi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu uning tarbiyasiga bog‘liq. Agar tarbiyali qiz bo‘lsa olish joiz. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 11:41 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar