Uy xayvoni sotib olishdagi zaklad

Assalomu alaykum! Zaklad xaqida ko‘p savolar bor ekan, ammo aksari uy, texnika, yana shularga o‘xshash, turib qolsa xam sotuvchiga zarar etkazmaydigan narsalar xakida ekan. Man, jiyanimga deb mushuk bolasini sotib olmoqchi bo‘lib, zoodokon sotuvchisi bilan mushuk bolasini savdolashib, bitta summaga kelishtik. 3 kundan keyin olaman deganimda, "Kelishilgan summani 3dan birini zaklad tarikasida berib ketasiz" deyishti va zakladni to‘lab ketdim. 2 kun o‘tkandan keyin olishimga to‘g‘ri kelib qoldi. Do‘konga borganimda boshqa ishchi bor ekan. Shu vaqtda man olmoqchi bo‘lgan mushuk bolasi qayt qilib, xunuk bir axvolda edi va man "mushuk bolasi kasal bolsachi" degan xayolga borib mushukni olish fikridan qaytdim. Man bilan savdoda gaplashkan ishchiga aytsam, "Olmasangiz, olmang, majburlash yo‘q!" deb javob qaytardi va zaklad pulini qaytarmasligini aytdi. Mushuk bolalarining narxi katta mushuklarga nisbatan qimmat bo‘ladi va mushuk bolasi qancha kattarsa shuncha narxi tushadi, lekn man savdoni zarar bo‘ladigan darajada kech bekor qilmadim. Ushbu xolatda zakladni qaytib olishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha pulni zaklad sifatida qoldirgan bo‘lsangiz demak siz xiyori shart bilan savdo qilgansiz. Yo narxini to‘liq to‘lab molni olasiz, yo savdoni buzib pulingizni to‘liq qaytarib olasiz. Vallohu a’lam!

1 Oktabr 2022, 16:37 | Savol-javoblar | 118 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar