Juma kuni safarga chiqish
Assalomu alaykum! Juma namozidan so‘ng safarga chiqish makruhmi? Nima sababdan makruh. Men shunday deb eshitgan edim. Shu gapim qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Juma namozidan keyin safar qilish makruh emas. Juma kunidagi safar bir necha holatda bo‘ladi:
1). Juma kuni bomdod namozidan oldin; Ulamolar shu vaqtda safarga chiqishni joizligiga ittifoq qilishgan.
2). Bomdoddan keyin zavoldan oldin; Hanafiy mazhabida safarga chiqish joiz.
3). Zavoldan keyin Juma namozigacha; Ulamolar shu vaqtda safarga chiqishni harom ekaniga ittifoq qilishgan. Faqat agar sheriklaridan qolib ketish xavfi bo‘lsa, joiz bo‘ladi. Bunga samolyotning o‘sha vaqtdagi uchishlari ham kiradi, agar boshqa vaqtga imkon bo‘lmasa.
4). Juma namozidan keyin; Bu vaqtda safar chiqishning zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 14:13 | Savol-javoblar | 212 | Halol va harom