Tahoratda yuzni yuvmaslik
Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan ibodatlaringizni dargohida qabul aylasin. Sizlar tufayli ko‘p bilimlarga ega bo‘lmoqdamiz bu uchun Alloh ajr sovoblarga ega qilsin sizlarni. Savolim shundan iborat edi, kelinchak o‘zbek urf odatlariga binoan to‘ydan so‘ng 1 yoki 2oy muddat mehmondorchilik, shunga o‘xshash yana yangi uyida mehmonlar bo‘lgan paytida pardozda bo‘ladi. Agar u kelinchak ibodatli bo‘lsa kunduzgi namozlarini tahoratida yuz qismini ya’ni pardozini butunlay yuvmasa ham bo‘laveradimi? Ustidan suv nomiga yuvilsa demoqchiman. Uyda mehmonlar bo‘lgan paytda har pardozimni yuvib boshqatdan qilishga ulgurmayman, lekin nomozni ham qazo qilgim kelmayapti. Albatta bu har doyim emas sharoit shunga taqazo etgan paytlarni nazarda tutyapman. Agar savolimda xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsam uzur so‘rayman. Javobingizni kutaman oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yuzni yuvish tahoratning farzlaridan biri bo‘lib, agar u tark qilinib o‘sha tahorat bilan namoz o‘qilsa, namoz ado bo‘lmaydi. Birgina yuzga suradigan narsani deb Allohga osiy bo‘lish to‘g‘rimikin? Odamlarni roziligi uchun Allohni g‘azablantiradigan amal qilib qolishdan qo‘rqish kerak. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 20:43 | Savol-javoblar | 155 | Ibodatlar