Qaynota va qaynona xizmati

Assalamu alaykum! Ota onam, ukalarim va ayolim bilan bir uyda yashaymiz. Ayolim bilan shu yil turmush qurganmiz, u tibbiyot institutida o‘qiydi. Ota onam tomonlaridan ayolim xizmatiga ko‘p norozichiliklar bo‘ladi. Ishlarga ulgurmasligi, oyoq kiyimlarni ba’zida tozalash esidan chiqib qolishi va xokazo. In shaa Alloh, yaqin orada farzandli bo‘lamiz Alloh nasib qilsa. Ishlarni xoli etganicha, ulgurganicha qilishga xarakat qiladi. Shu sababli ota onam ayolimni xizmatidan norozi bo‘lib, undan shu ishlarni qilishini talab qilishlari qanchalik to‘g‘ri? Undan tashqari ayolimni Qur’on darslariga borishiga norozi bo‘lishmokda va shu sababli uyda xam janjal bo‘lgan. Ota onamni xam norozi qilgim kelmayapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oyoq kiyimlarini tozalash kelinni vazifasi emas. Kelin ulgurmasa ota-onangiz uchun o‘sha ishlarni siz o‘zingiz qilsangiz ham bo‘ladi. Nahotki shu narsa janjal qilishga sababli ish bo‘lsa. Hikmat bilan yo‘l tutib oilani saqlang. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 15:40 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar