Hadisni chuntirb bersangiz

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kimki birodariga (savob umidida qilinadigan ishda) vositachi bo‘lsa-yu, u esa buning uchun unga hadya bersa va u buni qabul qilsa, riboning katta eshiklaridan biriga kiribdi». Abu Dovud rivoyati. ustoz shu hadisni chuntirb bersangiz sal chunmadim agar bir ishga yordamlashsa va birodari unga hadiya bersa uni olsa riboni katta ishiklaridan biriga kiribi kim kiripti olganmi bergani nega ahir hadiya olish joizku va bu ishi dunyo ishidami yoki din ishadami orgatsa shularni toliqlorq qilib chuntib bersangiz javob uchun rahmat Alloh rozi bo‘lsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ulamolarimiz bu erdagi shafoat qilish – vositachilikni, “vojib” shafoatchilik deyishgan. Ya’ni kim aslida o‘zi birodariga shafoatchilik qilishi vojib va burchi bo‘lagan vaqtda, masalan o‘sha kishiga zulm bo‘lgan paytda uni yonini olib shafoat qilishi vojib bo‘lganda, o‘sha shafoatchiligi uchun hadya olsa, hadisda aytilgan ribo eshiklaridan ulug‘ini ochgan bo‘ladi. Lekin oddiy holatda yordam qilishi, vositachi bo‘lishi o‘z ixtiyorida “muboh” bo‘lgan hollarda hadya olishi joiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 15:40 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar