Topib olgan pulni nima qilay

Assalomu alaykum! Holatni tushuntirish uchun sal ko‘proq yozaman avvaldan uzr so‘rayman. 1oycha avval qo‘limga qaerdandir 250000 so‘m pul tushub qoldi. Qanday bo‘lganini haliham tushunmaymanm xususiy shifoxonada ishlayman. Ichki dorixonaga tushib dori oldim. Tanish bo‘lgani uchun dorini o‘zim oldim yani ichki tarafiga o‘tdim. Pulni berdim qaytib berdi. Qaytimni qo‘limdagi pulga qo‘shib olib chiqdim. Keyin qarasam pul ko‘p. Ham cho‘ntagimda ham bor. Cho‘ntagimdagi pulni bilaman. Lekin qo‘limdagi 250 pulni eslolmayapman. Cho‘ntagimga solganimni ham biror joydan olganimni ham. Dorixonaga tushib so‘radim. Ertalab bo‘lgani uchun hali savdo uncha bo‘lmagan va 250000 pulni kassadan tashqariga ham qo‘ymishmagan ekan. Hamkasblardan so‘radim hech kiminiki emas ekan. Pul yo‘qotdim degan hechkim yo‘q. Shundayligicha turibdi. O‘sha kundan 2- 3 kun avval maosh olib uni alohidalab xisob kitob qlib qo‘ygandim. U pul ham shundayligicha turibdi. Bir o‘ylangan joyin kurs uchun beraman deb 250ming sanaganimni bilaman lekin uni umumiy pulga qo‘shdimmi yo‘qmi eslolmayman. Hullas gumon bo‘lmasin deb ishlatmadim. Aslida 1yil kutish kerakligini bilaman. Lekin 1yil kutishni hohlamadim. O‘zim ishlatib qo‘ymay deb. U pullarni egasini nomidan deb sadaqa qilib yubormoqchiman. Faqat qaerga berishga hayronman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘proq muhtoj bo‘lgan kishilarga bering. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 18:45 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar