Qarz egasi topilmasa

Assalomu alaykum! Man ancha yillar oldin qarz olganman. U insonlani faqat ismini bilaman, ulani topomasam kerak. Qarzimni ulani nomidan zakot qib bersam uzgan bo‘lamanmi, qanaqa yo‘l tutish kerak bu xolatda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Topishga harakat qiling, hozir 21-asr bir odamni topib olish qiyin ish emas. Harakat qilib ham topa olmasangiz, ularning nomidan faqirlarga zakot emas, sadaqa qilasiz. Mabodo undan keyin topilib kelib qarzni so‘rasa, qaytarib berishingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 18:34 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar