Xarom ovqat tufayli jannatga kirmaydimi?

Assalomu alaykum! Masalan men shu paytgacha ko‘p harom narsalarni eb kelgan bo‘lsam, keyin tavba qilsam bo‘ladimi? Bir joyda haromdan o‘sgan go‘sht jannatga kirmaydi deb eshitganman. Ochig‘i havotirdaman iltimos tezroq javob bering. Men tavba qilsam ham haromdan o‘sgan go‘shtim yo‘q bo‘lib qolmaydiku!?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tavba qilib, tavbangizda sobit tursangiz Alloh kechirishini umid qilamiz. Haromdan o‘sgan go‘shtga tavba qilinmasa, jannatga kirmaydi. Siz ko‘p istig‘for ayting, ko‘proq ro‘za tuting. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 19:07 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar