To‘g‘ri ish qildimmi?

Assalomu alaykum! Bir tanishim orqali bir odam pul yig‘b berishimni so‘radi u pul tashlab keturadi men kerak deb kelsa so‘raganini berishga kelishdik, lekin u o‘zi onasini qolida sotuvchi edi va pullarni kassadan aytmasdan olib berishini bilar edim. U pullar so‘mda berardi va dollar qilib qo‘yishimni aytardi. Pulini bemalol o‘zim uchun ishlatishimga rozi va aytgan vaqtida topib bersam bo‘ldi. Sharti qaytib olishimda 2 oy oldin aytaman dedi. Hammasi bo‘lib 2000$ yigildi undan 700$ qaytarib olgan qolgani hali menda. Buni olganimda halol bilan haromni unchalik ham farqiga bormas edim. Maslahat bering endi nima qilay? Pulini hali so‘ramasidan qaytarib bervoraymi yoki so‘ragan vaqt qaytarib beraymi? Keyin dollarda beraymi yoki so‘mdami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pulni darhol qaytarib bering. Olgan vaqtingizda dollarga aylantirgan bo‘lsangiz dollarda, bo‘lmasam so‘mda qaytarasiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 08:45 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar