Riboga qo‘l urmadimmi
Assalomu alaykum! Bir Ikki oy oldin masjidda edim turk imom menga 30$ qarzini tangada berdi, va men oldim va unga bankdan plastik kartamga tushirib olishimni aytdim. Birozdan so‘ng uning do‘sti keldida bu gaplardan xabar topib bu tangalarni menga ber men senga 29 $ kartanga o‘tkizib berkman dedi. Biroz o‘ylanib qoldim, ribo bo‘lmaydimi, axir bir dirxamni ikki dirxamga sotishdan qaytarilganmiz deb imomdan so‘radim? U aytdiki yo‘q bu tangalarda bir zaxmat bor sen borib buni alishtirasan vaqting ketadi, o‘sha zaxmat ishni boshqasiga qildiryapsan evaziga 1$ berayapsan dedi. Shundan so‘ng men ko‘nib 29$ oldim. Keyinroq oltinni oltinga kumushni kumushga ayirboshlashdagi miqdor teng bo‘lishi va naxtma naxt bo‘lishi xaqidagi boshqa xadis o‘qib qoldim va bu qilgan ishimiz ribo bo‘lib qolmadimi deb o‘ylab qoldim. Agar ribo bo‘lgan bo‘sa nima qilishni maslaxat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pulni bir joydan boshqa joyga etkazib berish uchun ish haqi to‘lash joiz. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 141 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pulni bir joydan boshqa joyga etkazib berish uchun ish haqi to‘lash joiz. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 141 | Moliya va tijorat