Singlim

Assalomu alaykum! Nazarimda judayam qiyin muammoga duch keldim. Oilada 3ta qizmiz, eng kattasi o‘zim. Turmush qo‘rganimga 12 yil bo‘ldi, 3ta o‘g‘lim bor. Ota onamiz bizga ilm berib, o‘qitib va kasbga ega bo‘lishimizga harakat qilishdi. 2ta singlim ham o‘qib, ishlab o‘z o‘zini boqadigan darajaga etishgan Alhamdullilah. Lekin turmush qurishni istamadilar, aynan O‘zbekistonda va o‘zbek oilaga kelin bo‘lishga. Va o‘z hayotini qurish uchun, boshqa davlatlarga qo‘chib ketishdi. Bitta singlim Dubayga ko‘chib ketdi, ikkinchisi esa Amerikaga. Ota onam yolg‘iz qolishdi, imkon qadar ulani tez tez ko‘rgani boryapman, o‘zim ham oilali bo‘lganim uchun bu man uchun ham qiyinro. Muammo shundaki kichkina singlim, 2 oy oldin Amerikada turmush qurdi. Albaniyalik yigit bilan, va achinarlisi bu yigit musulmon emas, va benikoh hozir yashayapti ikkalasi, faqat ZAGSdan o‘tishdi. Singlimga bu vaziyat qanchalik noto‘g‘riligini tushuntirishga ko‘p marotaba harakat qildim, lekin dushmaniga aylandim. Mani hayotimga aralashma deb, man bilan aloqani uzdi. Ota onamga aytsam, namuncha dinga berilvosan deb ulardan gap eshitdim. Nima qilay, iltimos manga maslahat bering. Ahir bu oilam, ota onamni o‘ylayapman, ahir singlimga ular javobgar. To‘g‘ri maslahatga judayam muhtojman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon ayol g‘ayridinga turmushga chiqishi aslo joiz emas. Bu oyati karima bilan sobit bo‘lgan shar’iy hukmdir.  Agar shunday qilsa zinoga qo‘l urgan bo‘ladi. Singlingizni qutqaring. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar