Nisyaga mol olib qochib yurishsa
Assalomu alaykum! Xurmatli Islom uz sayti a’zolari. Men qurilish moli ishlab chiqaruvchiman. Korxonamizdan ko‘p quruvchi va ustalar maxsulotlarimizni xarid qilishadi. Shu xarid mobaynida, bir ikki marta savdoni naqd qilishadida keyingisida albatta nasiya qilishni boshlashadi. Nasiya yo‘q desangiz pulizi beryapmizku deb xijolatga qo‘yishadi. Olgandan keyin yo‘q bo‘lib ketishadi. Telefonini olmaydi, olganda xam u baxona bu baxonlar bilan qarzini bermaydi. Shunaqa qilishib 3-4 yildan beri berishmayapti. Xar xil baxona bilan albatta olishadi. To‘xtatishni iloji bo‘lmayapti. Shunga nima qilishni bilmay qolyaapmiz. Maslaxat bering iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon kishi o‘ta xushyor bo‘lishi kerak.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لاَ يُلْدَغُ الْمُؤْمِنُ مِنْ جُحْرٍ وَاحِدٍ مَرَّتَيْنِ. رَوَاهُ الثَّلاَثّةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min bir uyadan ikki marta chaqilmaydi», dedilar».
Uchovlari rivoyat qilishgan.
Sharh: Bu hadisi sharifdagi uyadan murod - ilon, chayon kabi zaharli narsalarning inidir. Bundan mo‘min kishi o‘ta hushyor inson bo‘lishi lozimligi chiqadi. Mo‘min-musulmon banda bir marta zarar tortgan eridan va ishidan ikkinchi marta tortmasligi kerak.
Ushbu hadisi sharifning Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan aytilishiga quyidagilar sabab bo‘lgan.
Badr urushida Abu G‘arra nomli shoir asirga tushdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam undan o‘zlarini hajv qilmaslik va o‘zlariga qarshi odamlarni targ‘ib qilmaslik haqida ahd oldilar. U «xo‘p» dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni ozod qilib yubordilar. U o‘z qavmiga borib qo‘shildi. So‘ngra hajv qilishda va qarshi targ‘ib qilishda davom etdi. Uhud urushi bo‘lganda u yana asirga tushdi. U Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan o‘zini yana qo‘yib yuborishni so‘radi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuqoridagi hadisi sharifni aytdilar. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 20:00 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar