Taloq yoki ota-onaga oq bo‘lish

Assalomu alaykum! Bir tanishim ikkinchi ayolga uylangan edi bundan birinchi ayolini xabari bor o‘zi rozi bo‘lgan edi ota onasini xabari yo‘q edi shariy nikoxdan o‘tishgan zaks xujjati yo‘q ota onamga paytini topib aytaman deb oradan 7 yil o‘tdi 2 ta farzandli bo‘lishdi 1-ayolidan 3 ta farzandi bor yaqinda ota-onasi bundan xabar topdi katta janjal bo‘ldi birinchi ayoli aytgan gaplaridan toniyapti men rozi bo‘lmaganman diyapti ota onasi yo taloq qilasan yoki senday o‘g‘lim yo‘q oq qilaman diyapti tanishim taloq qiladigan xotinim yo‘q bolalarni etim qilmiyman diyapti lekin otasini qistovi bilan palitsiya idorasida men ota onamni tanladim javobingni berdim dedi taloq qildim demadi bu mojoro xoligacha davom etmoqda ota onasi taloq qilasan bo‘lmasa oq qilaman deb oyoq tirab turib olgan sizlardan iltimos bu masalada echim topishga yordam beringizlar qaysi yo‘lni tanlash kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayolini taloq qilish ota-onaga yaxshilik qilishga kirmaydi. Ajrashish mojarosi bo‘layotganda “javobingni berdim” desa taloq tushadi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 20:00 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar