Lashkar va shamol chiroq nima?
Assalomu alaykum! Alloh Taolo sizlardan rozi bo‘lsin. Meni bir qo‘shnimni chamasi 3-4 yashar bolasini qattiq mazasi qochadi. Ota-onasi bolani shifoxonaga olib boradi harorati 40 gradusdan tushmaydi. 3 kun o‘zimizdi shifoxonaga davolanadi bola umuman o‘ziga kelmaydi ahvoli og‘irlashib boradi. Keyin Termezni shifoxonasiga olib ketadi. 3-4ta vrachga ko‘rsatadi. Ular “meni kasalimmas, bolang sog‘” deydi. MRTga tushiradi, bolang yaxshi deydi, lekin bola umuman o‘ziga kelmaydi. 8 kun suvsiz yashaydi, xech nima emaydi, hatto peshob ham qilmaydi. Kasallikni uchini umuman topolmaydi. Termezga 5 kun o‘tgandan keyin otasi tashqariga chiqib qattiq ezilib o‘tirgan payt bir ayol kelib “uka nima bunday ahvolda o‘tiribsiz” desa bo‘gan voqeani aytib beradi. Sizga bir maslahat beraman shuni qiling keyin menga rahmat aytasiz deydi. Bir folbinni adresini beradi shunga uchrashing deydi. Ota boradi bo‘gan voqeani aytadi bolangni nima bo‘ganini ko‘rib aytaman deydi. Bolamni olib kelib bo‘maydi ahvoli og‘ir desayam folbin qanday holatda bo‘sayam olib kelasan deydi. Bolani olib keladi, folbin ko‘rib bolangni go‘r tortayabdi 3 kundan keyin o‘ladi deydi. Bolang shom vaqtida ariqni oldiga yiqilgan, uni lashkar ushlagan, shuni uchun shu ahvolga tushgan deydi. Bir paxtani bir narsa qilib beradi shu bilan silaysan keyin o‘ziga keladi deydi. Paxta bilan silaydi bola birdaniga o‘ziga keladi, peshob ham qiladi ota-ona hayron qoladi. Endi lashkar chiroq yoqtirasan bo‘lmasa bolang 3 kundan keyin o‘ladi deydi. Keyin ota-onasi 500 mingmi 800 mingami lashkar chiroq va shamol chiroq yoqtiradi bola xech narsa ko‘rmagandek o‘ynab ketadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir narsa xoh u kasb bo‘ladimi, davolanish bo‘ladimi joiz va nojoiz degan ikki jihati bo‘ladi. Alloh taolo buni imtihon qilish uchun shunday qilgan. Afsuski insonlar hozirgi kunda kasb korda ham, tijoratda ham va davolanishda ham joizini qo‘yib nojoizini tanlaydilar. عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ الرُّقَى وَالتَّمَائِمَ وَالتِّوَلَةَ شِرْكٌ، فَقَالَتْ امْرَأَتُهُ زَيْنَبُ: كَيْفَ هَذَا وَاللهِ لَقَدْ كَانَتْ عَيْنِي تَقْذِفُ، فَكُنْتُ أَخْتَلِفُ إِلَى فُلَانٍ الْيَهُودِيِّ فَيَرْقِيهَا فَتَسْكُنُ، قَالَ: ذَلِكَ عَمَلُ الشَّيْطَانِ كَانَ يَنْخُسُهَا بِيَدِهِ، فَإِذَا رَقَاهَا كَفَّ عَنْهَا، إِنَّمَا كَانَ يَكْفِيكِ أَنْ تَقُولِي مَا كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: أَذْهِبِ الْبَأْسَ رَبَّ النَّاسِ، اشْفِ أَنْتَ الشَّافِي لَا شِفَاءَ إِلَّا شِفَاؤُكَ شِفَاءً لَا يُغَادِرُ سَقَمًا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Albatta, dam solish, tumor va issiq-sovuq shirkdir», dedi. Shunda uning xotini Zaynab: «Bu qanday gap? Axir mening ko‘zimdan yosh oqar edi. Falonchi yahudiyning oldiga borsam, dam solib qo‘ysa, to‘xtab qolar edi», dedi. «O‘sha shaytonning ishi. U qo‘li bilan u(ko‘z)ni chuqalar edi. Dam solganda to‘xtar edi. Senga esa Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytgan narsani aytish kifoya qilar edi: «Allohumma azhibil ba’sa. Robban-naasi, Ishfi. Antash-shafiy. Laa shifa’a illaa shifauka. Shifaan laa yug‘odiru saqman», dedi». Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilganlar. Sharh: Ulug‘ sahobiy Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan dam solish, tumor va «issiq-sovuq» shirkdan ekanligi haqidagi hadisi sharifni eshitganlarini aytsalar, xotinlari Zaynab roziyallohu anho bu ma’nodan ajablanib, o‘z hayotlaridan misol keltirmoqdalar. So‘ngra esa Abdulloh ibn Mas’ud bu masala bo‘yicha tushuntirish ishi olib bormoqdalar. «Albatta, dam solish, tumor va issiq-sovuq shirkdir» Bu erdagi «dam solish»dan murod johiliyatning dam solishidir. Chunki rivoyatning oxirida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning dam solishlari bilan dam solish kerakligi o‘rgatilmoqda. «Tumor» – turli narsalar yozilgan narsani o‘ziga osib olish. «Issiq-sovuq» – kishilarni, xususan, er-xotinni bir-biriga yaxshi yoki yomon ko‘rsatish uchun qilinadigan irim-sirimlar. Bu narsalarni halol, deyish shariatimiz hukmi bo‘yicha, shirkdir. Ammo bu hukmni eshitgan kishilarda Abdulloh ibn Mas’udning xotinlari Zaynab roziyallohu anhoning fikrlariga o‘xshash fikr paydo bo‘lishi mumkin. Zaynab erlariga: «Bu qanday gap? Axir mening ko‘zimdan yosh oqar edi. Falonchi yahudiyning oldiga borsam, dam solib qo‘ysa, to‘xtab qolar edi», dedi». Xastalikning tuzalishiga sabab bo‘ladigan narsani shirk deb atash mumkinmi?! Ana shunda Abdulloh ibn Mas’ud shariat harom qilgan narsa haqiqiy shifo emas, balki yolg‘on bir sezgidan o‘zga narsa bo‘lmasligini ayollari tushunadigan uslubda bayon etib berdilar. «O‘sha shaytonning ishi. U qo‘li bilan u(ko‘z)ni chuqalar edi. Dam solganda to‘xtar edi». Darhaqiqat, shariatimiz man qilgan uslub ila davolash vaqtinchalik, aldamchi his-tuyg‘udan o‘zga narsa bo‘la olmaydi. Buni sho‘rolar tuzumi yangi qulagan paytda o‘zimiz boshdan o‘tkazdik. Birdaniga turli odatdan tashqari uslublar ila davolovchilar ko‘payib ketdi. Hatto televizor orqali millionlab odamlarni davolashni da’vo qiluvchilar chiqdi. Ularga sharoit ham yaratib berildi. Ulardan boshqalari ham ko‘paydi. Lekin odamlar uzoq vaqt bunday ruhiy narsalardan man qilinib kelib, birdan ruxsat berilganida yolg‘onchi tuyg‘uga aldanayotganlarini anglamas edilar. Bir oz fursat o‘tib, hamma narsa yana o‘z o‘rniga tushdi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu bundan o‘n besh asr ilgari xotinlariga bu narsaning shaytonning ishi ekanligini tushuntirgan edilar. Shu bilan birga, u kishi Islom izn bergan dam solishni o‘rgatdilar. «Senga esa Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytgan narsani aytish kifoya qilar edi: «Allohumma azhibil ba’sa. Robban-naasi, Ishfi. Antash-shafiy. Laa shifa’a illaa shifauka. Shifaan laa yug‘odiru saqomaa», dedi». Mazkur dam solish Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning eng mashhur dam solishlaridir. Uning ma’nosi quyidagicha: «Ey Allohim! Odamlarning Robbisi! Shiddatni ketkazguvchi! Shifo ber. O‘zingdan o‘zga shifo beruvchi yo‘q. Hech dardni qo‘ymaydigan shifo ber!» Mo‘min-musulmon kishi shariatimiz man qilgan dam solish orqali o‘ziga shifo axtarishi mutlaqo to‘g‘ri emas. Shuningdek, tumor va issiq-sovuqqa o‘xshash noshar’iy ishlarga ham yaqinlashish gunoh ish hisoblanadi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Abu Dovud rahmatullohi alayh rivoyat qilgan yana bir rivoyatda : “Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning ayoli : “Abdulloh bo‘ynimga osilgan ipni ko‘rib qolib, bu nima dedi. “Men uchun bunga ruqiya qilib berilgan ip” dedi. Abdulloh uni olib uzib tashladida so‘ng “Abdullohning oilasi shirkdan behojatdir. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Albatta, dam solish, tumor va issiq-sovuq shirkdir» deyayotganlarini eshitganman” dedilar. Men «Bu qanday gap? Axir mening ko‘zimdan yosh oqar edi. Falonchi yahudiyning oldiga borsam, dam solib qo‘ysa, to‘xtab qolar edi» dedim. Shunda Abdulloh «O‘sha shaytonning ishi. U qo‘li bilan u(ko‘z)ni chuqalar edi. Dam solganda to‘xtar edi. Senga esa Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytgan narsani aytish kifoya qilar edi: «Allohumma azhibil ba’sa. Robban-naasi, Ishfi. Antash-shafiy. Laa shifa’a illaa shifauka. Shifaan laa yug‘odiru saqomaa» dedi” deganlar”. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 13:57 | Savol-javoblar | 219 | Dolzarb savollar