Kim emikdosh

Assalomu alaykum! Onam akamni va xolamning o‘g‘lini emizganlar. 2 yildan keyin men tug‘ilganman. Va onam men va o‘sha xolamning qizini xam emizganlar. Shunday xolatda, men xolamning o‘g‘liga emikdosh xisoblanamanmi? Uning yonida ro‘molsiz yurishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha holangizning o‘g‘li bilan emikdosh aka-singil ekansizlar. U sizning mahramingizdir. Uning yonida ro‘molsiz yurishingiz joiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 20:22 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar