Vafot qilgan odamning fidyasi

Assalomu alaykum! Qaynotam olamdan o‘tganlar to‘rt yil bo‘ldi. Faqat bomdod namozini o‘qir edilar. Jum’a kuni besh mahal namoz o‘qir edilar faqat. Biz xo‘jayinim bilan maslahat qilib qaynotamning qolib ketgan qazo namozlarini fidyasini berib qo‘ysak bo‘ladimi? Fidyani qanday hisoblaymiz? Qancha vaqt qazo namoz qolganini bilmaymiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta bo‘ladi. Imkon bo‘lganda bo‘lib-bo‘lib bersa ham bo‘ladi. Tahminan hisoblaysizlar va g‘olibi gumonni olasizlar.
Fidya va kafforotning miqdori bir vaqt namoz uchun yarim so’ bug‘doy yoki uning qiymati. Bir kunlik ro‘za uchun ham shuncha bo‘ladi. Yarim so’ bug‘doyni ba’zi bir kitoblarda “1087,5 gr” yozilib qolgan ekan. Bu ulamolarning tahqiqotiga biroz xilof. Shuning uchun 2 kilogrammni olgan afzal. Ya’ni bir vaqt namoz uchun 2 kilogramm bug‘doy. Shunda bir kundagi 6 vaqt namozga hisoblansa 12 kilogramm bug‘doy degani. Shunda 1 kilogramm bug‘doy 2000 so‘m bo‘lsa, bir kunligi 24.000 so‘m bo‘larkan. Bir yillik namozlariniki 8.760.000 so‘m, bir yillik ramazon ro‘zasiniki 120.000 bo‘ladi. Bug‘doyni bozordagi narxi o‘zgarishiga qarab raqamlarda ham o‘zgarish bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 20:22 | Savol-javoblar | 143 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar