Nomozda adashish

Assalomu alaykum! Men yaqinda nomoz o‘qishni boshladim ba’zida rukuga turganimda subhana robbiyal alaani aytib qo‘yaman yoki sajda qilayotganimda subhana robbiyal aziymni aytib qo‘yaman darhol esimga tushib o‘zini duosini aytaman. Shunday holatimda nomozim ado bo‘ladimi yoki buziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buzilmaydi. O‘rganib olguningizcha bu kabi mayda xatolar bo‘lib turadi. Imkoningiz bo‘lsa, masjidga chiqib jamoat bilan o‘qing. Juda tez o‘rganasiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 20:44 | Savol-javoblar | 171 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar