Do‘stlarini qarzini uzib qo‘yish

Assalomu alaykum! Bir nechta birodarlarimni magazinlardan qarzlari bor. Shu qarzini ularga bildirmay to‘lab qo‘ysam bo‘ladimi? Bunga qanday ajrlar bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarzdorlarga yordam sifatida boy-badavlat mo‘min-musulmonlar ularning qarzini uzib qo‘ysalar, katta savob oladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari bu ishni qilganlar. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: لَزِمَ رَجُلٌ غَرِيمًا لَهُ بِعَشَرَةِ دَنَانِيرَ، فَقَالَ: وَاللهِ لَا أُفَارِقُكَ حَتَّى تَقْضِيَنِي أَوْ تَأْتِيَنِي بِحَمِيلٍ. فَتَحَمَّلَ بِهَا النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَأَتَاهُ بِقَدْرِ مَا وَعَدَهُ، فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مِنْ أَيْنَ أَصَبْتَ هَذَا الذَّهَبَ؟» قَالَ: مِنْ مَعْدِنٍ، قَالَ: «لَا حَاجَةَ لَنَا فِيهَا، وَلَيْسَ فِيهَا خَيْرٌ»، فَقَضَاهَا عَنْهُ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir odam o‘zidan o‘n dinor qarzdor odamga ergashib: «Allohga qasamki, qarzingni uzmaguningcha yoki bir kafil keltirmaguningcha sendan ajramayman», dedi. Bas, o‘sha(dinor)larga Nabiy sollallohu alayhi vasallam kafil bo‘ldilar. So‘ng u va’da qilgan miqdorida olib keldi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Bu tillani qaerdan olding?» dedilar.
«Kondan», dedi.
«Bizning unda hojatimiz yo‘q. Uning yaxshiligi yo‘q», dedilar va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari uning qarzini uzib qo‘ydilar».
Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilishgan. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الْمُسْلِمُ أَخُو الْمُسْلِمِ لَا يَظْلِمُهُ وَلَا يُسْلِمُهُ، مَنْ كَانَ فِي حَاجَةِ أَخِيهِ كَانَ اللهُ فِي حَاجَتِهِ، وَمَنْ فَرَّجَ عَنْ مُسْلِمٍ كُرْبَةً فَرَّجَ اللهُ عَنْهُ بِهَا كُرْبَةً مِنْ كُرَبِ يَوْمِ الْقِيَامَةِ، وَمَنْ سَتَرَ مُسْلِمًا سَتَرَهُ اللهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm ham qilmaydi va tashlab ham qo‘ymaydi.
Kim birodarining hojatida bo‘lsa, Alloh uning hojatida bo‘ladi.
Kim bir musulmonni g‘amdan forig‘ qilsa, Alloh undan qiyomat kunining g‘amlaridan birini forig‘ qiladi.
Kim musulmonning aybini berkitsa, Alloh qiyomat kuni uning aybini berkitadi», dedilar».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 20:44 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar