Pora bergan bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Korxonamiz Xalkaro yo‘nalishda Avtofurada yuklarni tashib berish xizmati bilan shug‘ullanadi. Yuk tashish jarayonida Qozog‘iston Rossiya va boshqa chegaralarida chegara postdagilar o‘zining qandaydir stavkadagi (nolegal) pulini olishmasa xaydovchilarni turli xil baxonalar bilan ushlab turishadi va ko‘yib yuborishmaydi. Shundan so‘ng xaydovchilar tezroq ketishi uchun o‘sha chegarada turadigan muttasaddi xodimlar aytgan pulini berishga majbur bo‘lishadi va berib va o‘tib ketishadi. Ushbu xolatni Pora deb aytish mumkinmi? Va xolanki shofyorlarimiz pulni o‘zidan xoxlab berishmaydi talab qilishgani uchun berishadi. Agar bu pora deb xisoblansa yuk tashish xizmatidan olingan mablag‘ xarom bo‘ladimi? Xozirda O‘zbekistonda Xalqaro yuk tashish korxonasi 1000 dan oshiq faoliyat ko‘rsatyapti va xar birida kamida o‘rtacha 5 tadan 20 tagacha mashina bor. Bular xammasi shu ishni qilishadi. Xavotir shundaki shuncha pul O‘zbekistonga xarom bo‘lib kelyaptimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Topgan puli harom bo‘lmaydi. O‘sha pora berishi nodurust ish. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 21:49 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Topgan puli harom bo‘lmaydi. O‘sha pora berishi nodurust ish. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 21:49 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom