Bu folbinlik emasmi?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men o‘zimga yaxshilik niyatida dam soldirgani bir shunday dam soluvchi oldiga bordim. U inson dam solib bo‘lgach, “sizga bu yil nikoh tushmayapti, ko‘rinmayapti” dedi. Yana “men folbin emasman, bizda shunday ilm bor, ruhiyatga bog‘lana olamiz” dedi. Men tabiyki ishonmadim va hammasi Allohdan deya harakatimni davom ettiraverdim. Nikohlanishlik uchun qiz ham topildi, (insha Alloh soliha) shu oktyabr oyiga to‘y ham belgiladik. Lekin ba’zi sabablarga ko‘ra to‘yimiz keyingi yilga bahorga qoldirildi. Ustoz, kim folbinga borsa ham, uning gapini tasdiqlasa ham, kufrga ketishi ma’lum, g‘aybni esa faqat Alloh taolo biladi. So‘ramoqchi bo‘lganim, dinimizda shunday ilm bormi, ya’ni inson ruhiyatiga bog‘lana olishlik? Ilmsizlik qilib noma’qul savol yo‘llagan bo‘lsam, sizdan uzr so‘rayman, Alloh o‘zi avf etsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Unday ilm yo‘q. Siz aytgan gap tasodif.
26 May 2022, 18:20 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Unday ilm yo‘q. Siz aytgan gap tasodif.
26 May 2022, 18:20 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar