Ruqya o‘qib haq olish
Assalomu alaykum! Men bir kitobda ruqya uchun xaq olish kerak deb o‘qidim. Xanafiy masxabida bor ekan. Shu ruqya uchun qay miqdorda xaq olish kerak shariatda? Tartibi bo‘lsa ayting.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ruqya uchun haq olish shart emas, joiz. Haq kelishilgan holda bo‘ladi. “Hadis va Hayot” kitobida quyidagicha keladi:
Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Imom Termiziy, Imom Ibn Moja va Imom Ahmadlar qilgan rivoyatda aytilishicha, Abu Sa’iyd al-Xudriy boshliq bir guruh sahobalar safarda bo‘ladilar. Bir qavm oldidan o‘tib, mehmon qilishni so‘rasalar, u qavm bosh tortadi. Ittifoqo, o‘sha kechasi mazkur qavmning ulug‘ini chayon chaqib oladi. Ulardan ba’zilari maskanlari yaqinida dam olayotgan sahobalarning huzurlariga kelib, bo‘lgan hodisani aytadilar va «Ichingizda dam soladigan odam bormi?» deyishadi.
Abu Sa’iyd al-Xudriy:
«Bizga haqqini bermasangiz, dam solmaymiz», deydilar. Bir necha adad qo‘yga kelishadilar. Abu Sa’iyd al-Xudriy «Fotiha» surasini o‘qib, dam soladilar. Boshliq tuzaladi.
U kishi qo‘ylarni olib, shubhalanib qoladilar va ularga hech bir tasarruf qilmasdan avval Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘rash uchun Madinaga haydab ketadilar. Bo‘lgan voqe’ani Pay¬g‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga aytib berganlarida u zot:
«Taqsimlanglar! Menga ham ulush beringlar», deydilar. Ya’ni bu narsaning joizligi, halolligini bildirish uchun shunday deb, kulib yuborgan ekanlar.
3. Imom Abu Dovud va Imom Ahmadlar Xorija ibn Soltdan, u kishi amakilaridan rivoyat qiladilar:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilaridan chiqib, bir arab mahallasiga keldik. Ular:
«Bizga xabar berilishicha, sizlar anavi odamning oldidan yaxshilik olib kelgan emishsizlar. Sizlarda biror davomi, dam solishmi, bormi? Bizning kishanda turgan bir bemorimiz bor», deyishdi. Biz:
«Ha», dedik.
Bas, ular kishanlangan bir bemorni olib kelishdi. Men unga «Fotihatul Kitob»ni uch kun ertalab va kechqurun o‘qidim. Tufugimni jamlab turib, unga dam urar edim. So‘ngra u xuddi tushovidan bo‘shalgandek, tuzalib ketdi. Ular menga haq berishdi. Men «Toki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan so‘ramagunimcha (bir narsa qilish) yo‘q», dedim. U zot:
«Umrim ila qasamki, albatta, botil dam solish bilan (luqma) eyayotganlar bor. Batahqiq, sen haq dam solish bilan eding», dedilar».
Ushbu rivoyat qahramonining ismi Aloqa ibn Sohhor roziyallohu anhu bo‘lib, u kishi Xorija ibn Soltning amakilaridir.
Ushbu hadislarni hujjat qilib, jumhur ulamolari «Qur’onni o‘rgatish, qiroat qilish, uni yozish, u bilan dam solish uchun haq olsa bo‘ladi», deydilar. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 22:11 | Savol-javoblar | 156 | Duolar