Xajga borish tugrisida
Assalamu alaykum va roxmatulloxi va barokatux!Aziz Ustoz, xurmatli Shayx xazratlari Allox :jj Uzi Sizdan rozi bulsin! Bir akamizning kuyidagi savolini yullamokchi edim.Xaj safariga borishga ancha yildan beri niyat va xarakat kilgan ekanlar. Ayollarining sogligi xam unchalik darajada yaxshi emas ekan, shu sababli Inshaallox, shu yilgi xaj safariga borish nasib kilib turibdi ekan. Lekin, Xajga borish tulovidan tashkari boshka xarajatlar xam bor ekan. Ushbu xarajatlarni kilmasa, bora olmasligi anikrok ekan. Shu sababli, ushbu xarajatlarni xaj tulovlarini tulab bulib, tayyorgarlik kurib bulib, xajga ketishdan oldin bersa (xizmat kilgani uchun sovga sifatida), xarom aralashgan bulib kolmaydimi? Bu xarajatni kilmasalar, xajga borish kechikib ketishi yoki umuman bora olmasliklarini xam kupchilik ta’kidlabdi.Xurmat bilan,Muzaffarjon
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Buni pora deyiladi. O‘sha akangiz maxsus idoralarga murojaat qilib, undan pora olishga tamagirlik qilayotganlarni qo‘lga olib, mahkamaga tortishga yordam bersin. Hozir poraxo‘rlarga qarshi kurash ketmoqda.
27 May 2022, 01:47 | Savol-javoblar | 135 | Haj va umra