Qur’onning asl ma’nosi nima?

Assalomu alaykum! Bilamizki, Qur’oni Karimning asl ma’nosi, Qur’on so‘zi arabcha "Qiraat" so‘zidan olingan deyiladi (ko‘p manbalarda) va bu so‘zi "O‘qimoq" so‘zining arabcha tarjimasidir. Yaqinda bir kitob ("The Islam Book") orqali quyidagi ma’lumotni o‘qidim, Qur’onning asl ma’nosi noaniq. Shuningdek, kitobda boshqa so‘zlar ham Qur’on uchun ma’noviy so‘z bo‘lishi mumkin deyilgan edi, bular quyidagilar: "Qaraa" (To‘plamoq), "Qarana" (To‘plam, birlashma), "Qarain" (Belgi), "Qiraat" (O‘qimoq; Astag‘firulloh tarjimalarni o‘zim qilganman, xatolik bo‘lsa uzr so‘rayman) Savolim shundan iboratki, bularni qaysi biri to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islom dini va Qur’on haqidagi ma’lumotlarni g‘ayridinlardan olmay mo‘min ulamolar gapidan anglash kerak. Sharqshunos va xudosizlar bu kabi gaplarni yozib johil musulmonlarni dinlarida shubhaga etaklashadi. Ilmni asli manbasidan musulmonlardan oling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 23:49 | Savol-javoblar | 142 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar