Iymon zaifligi
Assalomu alaykum! Man judayam qiyin holatdaman qalbim zaiflashib qotib qolgan iymonim sustlashgan shu darddan halos bo‘moqchiman namozlarimi to‘la to‘kis ado etomayaman. Allohi zikr qilmay qo‘ydim istig‘for etaman diyman lekin azgina aytib yana to‘xtab qolaman. Iltmos shu holatimga nima qilish kerakligim haqida maslahat berin, qanaqa amallarni qilishim kerak yoki qalb yumshatish duolari bormi? Besh vaqt namozim bilan birga nafl namozlarimi o‘qirdim hijobga istab kirib tajvid ilimini o‘rganib Qur’on hatm qilardim hozir hech biri manda yo‘q sizlardan yordam so‘rab yozdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohga taqvo qiling, O‘zidan so‘rang. Iymonni mustahkamlash uchun, aqiyda ilmini yaxshilab o‘rganish va ibodatlarni vaqtida ado etish lozim. Doim quyidagi rivoyatda kelgan duoni o‘qib yuring:عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَخَذَ بِيَدِهِ وَقَالَ: يَا مُعَاذُ إِنِّي وَاللهِ لأُحِبُّكَ أُوصِيكَ يَا مُعَاذُ لاَ تَدَعَنَّ فِي دُبُرِ كُلِّ صَلاَةٍ تَقُولُ اللَّهُمَّ أَعِنِّي عَلَى ذِكْرِكَ وَشُكْرِكَ وَحُسْنِ عِبَادَتِكَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishining qo‘llaridan ushlab:
«Ey Muoz, Allohga qasamki, albatta, men seni yaxshi ko‘rurman. Ey Muoz, men senga har bir namozdan keyin «Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika» demoqligingni tark qilmaslikni tavsiya qilaman», dedilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilgan.
Sharh: Ushbu rivoyatdagi duoning ma’nosi:
«Ey bor Xudoyo, menga zikringni, shukringni va husni ibodatingni qilishga O‘zing yordam bergin».
Ushbu hadisdan olinadigan foyidalar:
1. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuning fazilatlari.
2. Birovni yaxshi ko‘rgan odam muhabbatini izhor qilib aytishi mumkinligi.
3. Talab qilinmasa ham ma’noni ta’kidlash uchun qasam ichish mumkinligi.
4. Ustoz o‘z shogirdiga so‘ramasa ham zikrni o‘rgatib borishi kerakligi.
5. Ushbu zikrning fazli va uni namozdan keyin aytib yurish zarurligi. («Hadis va hayot» kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 23:49 | Savol-javoblar | 169 | Ibodatlar