Bir muslimaning savoli

Assalomu alaykum! Men 14 yildan beri kasalman. Bormagan shifoxonam qolmagan, lekin shifo topmadim. Yaqinda folbinga fol ochirgandim “kasaling eskichadan ekan sen folbinlika qo‘l olsang tuzalasan” dedi. Qo‘l olay desam folbinlik dinda harom qilingan, olmay desam kundan kun og‘irlashib ketayapan, boshim qotgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Folbinga borib noto‘g‘ri ish qilibsiz. Oxiratni boy berib erishiladigan sog‘likni nima keragi bor? Siz shariatimiz ruxsat bergan doiradagi muolajalarni qiling. Komentariya yozmoqchi bo‘lganlar bu qizning iymoniga hukm chiqarmanglar. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan ma’lumotni o‘qing. https://islom.uz/view/bemorlik-va-boshga-tushgan-tashvishlar-xam-bir-nemat

27 Aprel 2022, 12:47 | Savol-javoblar | 151 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar