Gunohi sag‘ira qilish qanday amal?
Assalomu alaykum! 1. Ma’lumki gunohi kabira qilish haromdir. Gunohi sag‘ira qilish qanday amal? Makruhmi? 2. Biz o‘zbeklarda o‘zidan yoshi kattalarga ismiga aka qo‘shib chaqiradi. Agar o‘zidan katta insonni ismiga aka qo‘shmasa gunohkor bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Gunohi sag‘iralarning ham turlari bor, ba’zilari makruhi tahrimiy, ba’zilari esa makruhi tanzihiy. Banda sag‘ira gunohlarni hargiz engil sanamasligi kerak, chunki ularga beparvo bo‘lishlik va odatlanish ularni kabiraga aylantiradi.
2). Agar bu ish bilan kattalarga behurmatlik hosil bo‘ladigan bo‘lsa odobsizlik bo‘ladi. Chunki dinimiz kichiklarga rahm qilish va kattalarni hurmat qilishga buyurgan.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Yoshi ulug‘ bir chol Nabiy sollallohu alayhi vasallamni iroda qilib keldi. Qavm unga yo‘l ochishda kechikib qoldi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kichkinamizga rahm qilmagan, kattamizni ulug‘lamagan bizdan emas», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.
Islomda katta yoshdagi kishilarni hurmat qilish yuksak odob namunasi hisoblanadi. Mo‘min-musulmonlar qadimdan keksalarning hurmatini joyiga qo‘yganlar.Bu ishga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari asos solganlari va bosh bo‘lganlari ushbu hadisi sharifdan ham ko‘rinib turibdi.
U zot alayhissalom katta yoshdagi odamga yo‘l ochishda kechikib qolingani uchun sahobalarga tanbeh berdilar va:

Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:
1. Katta yoshdagi kishilarni ko‘rganda tezroq ularga yordam berishga harakat qilish lozimligi.
2. Kichkina bolalarga nisbatan rahm-shafqatli bo‘lish musulmonlikning alomatlaridan ekani.
3. Katta yoshli kishilarni ulug‘lash, ularning hurmatini joyiga qo‘yish musulmonlikning alomatlaridan ekani. (“Keksalarni e’zozlash” kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 00:11 | Savol-javoblar | 321 | Halol va harom