Qalb taskin topish uchun

Assalomu alaykum! Imom Nasaiy Ash-Shurayda roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda: » Men Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning «Kim chumchuqni sababsiz  o‘ldirsa, qiyomat kuni Allohga «Ey Robbim, falonchi meni manfaat uchun emas, o‘ynab o‘ldirdi» deb shikoyat qiladi» deganlarini eshitdim», deyilgan. Shu hadisda kelganidek ishni qilib qo‘ygan bo‘lsa, lekin o‘sha vaqtlar balog‘at yoshiga etgan yoki etmagani esida bo‘lmasa nima qilish kerak? Allohdan mag‘firat qilinishini umid qilib ihlos bilan tavba qilishi kifoya qiladimi yoki bu tavbaga qo‘shimcha moddiy qo‘shimcha ish qilishi kerakmi? Alloh barchamizni o‘zi rozi bo‘ladigon bandalaridan qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tavba qilish kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:17 | Savol-javoblar | 139 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar