Fohishani o‘ldirish
Assalomu alaykum! Xamma odamlarga ochiq-oydin foxishaligini aytib, ijtimoiy tarmoqlarda ham umum el-yurtda ovoza bo‘lgan, xozirgi kunni tili bilan aytganda "zvezda" bo‘lgan va foxishaligi bilan buzuq hulqlari bilan yoshlarga juda salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan foxishani o‘ldirsa gunoh bo‘ladimi bo‘lmaydimi? Bilaman islom xech qachon odam o‘ldirishga buyurmaydi. Ammo mana shunday foxishani o‘ldirsa oxiratda o‘ldirganga malomat bormi yoki yo‘qmi? Ya’ni islomda bunday tanilib ketgan foxisha o‘ldirishda hukmi qanday? Bir ayol zino qilsa toshbo‘ron qilinadi a foxisha esa qancha martta qilgan va buni ochiq e’tirof etadi. Shu masalada bizda nima deyilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslo hech kimning o‘zicha haqqi bo‘lmaydi, agar kimdir birovni shunaqa ayblar bilan o‘ldirsa, kabira gunohni qilgan bo‘ladi, Qur’on ifodasi bilan butun insoniyatni o‘ldirgan kishidek bo‘ladi. Qatl ishi mahkamaning ishi hisoblanadi. Shariatda o‘ziga mahkama qilishga (samosud) aslo ruxsat berilmaydi.
O‘zini o‘zi o‘ldirishga hech qanday ruxsat yo‘q. O‘zgani o‘ldirishga ham shar’iy qozi tomondan fatvo kerak. Boshqa har qanday yo‘l bilan o‘ldirisa, eng katta gunohni qilgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 00:22 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar